Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2802 marta o'qildi

Kasanachilikni qo‘llashga, basharti agar kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun zarur binolarga, shu jumladan turar joylarga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lsa yoxud ishni bajarishga o‘qitilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi.

Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlarning, yarim tayyor mahsulotlarning, mahsulotlarning hamda ishlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida tashkilotlar hamda ularning buyurtmalari bo‘yicha uyda tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi.

Kasanachining quyidagilarni talab qiladigan ishlarni (xizmatlarni) bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olishni;
  • uyda kuch sarflab ishlatiladigan, ko‘p energiya sarflanadigan va texnik jihatdan murakkab asbob-uskunalardan, shuningdek xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanishni;
  • uy sharoitlarida nazorat qilib bo‘lmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni.

Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq kasanachilik ishlarining (xizmatlarining) ayrim turlariga yong‘in va sanitariya nazorati davlat organlarining,O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Kasanachilar uchun ishlarning (xizmatlarning) muayyan turlari ularning amaliy ko‘nikmalari va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda (ishning xususiyati, foydalaniladigan uskunalar va asboblar, xom ashyoning va materiallarning xossalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan esa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalari e’tiborga olinadi) ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Chat